Sakkizinchi sir
              SADOQAT QUVVATI
Ertasi kuni yigitchaning ro'yxatdagi sakkizinchi kishi bilan uchrashuvi tayinlangandi. Stenli Konran jinoyatchilik va ishsizlik ko'rsatkichlari nihoyatda baland eski shaharning chekka tumanida joylashgan katta maktab direktori edi. Bu hududdagi uylar to'kilib ketgan, do'konlarga taxtalar qoqib tashlangan, yo'laklarda ahlatlar sochilib yotardi. Bu yashash va ishlashni xohlay-digan hudud emasligi yigitchaga ma'lum edi. Lekin u maktabga yetib borib, darvozadan ichkariga kirarkan, xuddi boshqa olamga tushib qolganday tuyuldi. Tekis taroshlangan ko'kat va chiroyli gulzorlar orasidan o'tgan toza yo'lkachalar atrofni qurshagan mavzedagi umumiy vayronagarchlikning butunlay aksi edi.
Yigitcha kelganida uni direktor xonasiga boshlab o'tishdi. Janob Konran baland bo'yli, basavlat kishi,
- taqqan ko'zoynagi kengligi bois yuziga taqqoslaganda ko'zlari kichikroqday ko'rinardi,  o'rnidan turdi va yigitcha bilan iliq ko'rishdi.
 Yo'lni osongina topdingizmi?  dedi u.
 Hech bir qiyinchiliksiz,  javob berdi yigitcha.
 Marhamat, o'tiring,  dedi janob Konran.  Xo'sh, aytingchi, keksa xitoylik bilan qachon ko'rishdingiz?
  Bir necha hafta burun,  javob berdi yigitcha.  U kim o'zi?
 Aslida uning kimligi va qayerdanligini o'zim ham bilmayman. Lekin agar u bo'lmaganida men bu yerda bo'lmasligimni bilaman, xolos.
 Nimaga?  so'radi yigitcha biror yangi gapni bilish umidida.
   Qariya bilan yigirma yilcha muqaddam uchrashganman,  deya gap boshladi janob Konran.  Bu ayni Rojdestvo arafasida bo'lgandi. Ishxonamda o'tirish bo'layotgan chog'da yolg'iz o'zim idishdagi sharobni sekingina tugatayotgandim, birdan yonimda keksa xitoylik paydo bo'lib qoldi. Unga sharob quyib bersam, muloyimlik bilan rad etdi.
Biz gapga tushib ketdik va tez orada unga ko'nglimni ochdim. Hayotim boshi berk ko'chaga kirib qolgandi. O'ttizdan sal oshgan bo'lishimga qaramasdan, bir ishdan boshqasiga, bir munosabatlardan o'zgachasiga o'tib, shunchaki oqim bo'ylab suzardim. Aynan o'sha damda qariya Haqiqiy Muhabbat sirlari to'g'risida gap ochdi. O'shanda bularning hammasi menga shunchaki hazilday tuyuldi. Ertasiga ertalab suhbatimizni elas-elas xotirladim. Qay bir lahzada hatto chol tushimga kirgan deb o'yladim, lekin o'sha kuni egnimdagi kostumim cho'ntagidan o'nta ism va telefon raqamlari ro'yxati yozilgan qog'ozni topdim.
   Yigitcha jilmaydi. Bu unga tanish voqea edi.
- Qiziqishim qanday ortib ketganini aytmasam ham bo'ladi. Bu sirli xitoylik haqida ko'proq bilishni istadim, shu bois ro'yxatdagi barcha kishilar bilan uchrashdim va aynan o'shalardan Haqiqiy Muhabbat sirlari to'g'risida bilib oldim. O'tmishga nazar tashlarkanman, bu sirlar hayotimga qanday ta'sir ko'rsarganini ko'rib turibman. Ular hayotimga va qanday yashaganimga munosabatlarimni butkul o'zgartirdilar. O'zim hamda boshqa insonlarga yangicha tarzda qaray boshladim. Olam go'yo irkit-kulrangdan yorug' va ochiq rangga aylanganday edi. 
Yigitcha yoza boshladi, janob Konran esa hikoyasida davom etardi.
  Lekin o'shanda menga hammasidan ko'proq yordam bergan sir,  dedi janob Konran,  sadoqat quvvati edi. Odamlar ko'pincha muhabbatni romantika va nozik hissiyotlar deb o'ylaydilar, lekin bu undan ko'ra kattaroq tuyg'u. Muhabbat  bu sadoqat.
   Batafsilroq tushuntirib berolmaysizmi -so'radi yigitcha yozuvlaridan nigohini uzib.
- Bilasizmi, aslida bu juda oddiy; agar siz rostdan ham haqiqiy muhabbatni istasangiz, basharti
sevish va sevimli bo'lish niyatingiz bo'lsa, haqiqatda mehrga to'la uzoq davomli sevgi munosabatlarini xohlasangiz,  boshqalarga mehir ko'rsatishga ixlosingiz darkor. Davomli munosabatlarim yo'qligining sabaplaridan biri shu chaki mas'uliyatlardan cho'chiganligim bo'lib chiqdi.
  Nima uchun? - so'radi yigitcha
  Bir so'z bilan javob beraman. Qo'rquv!
 Yigitcha bu so'zni keyingi bir necha hafta
davomida ko'p eshitgandi. Qariyaning: Oo'rquv  muhabbatda eng katta to'siq,  deganini xotirladi. Haqiqiy Muhabbatning ko'pgina sirlari qo'rquvni yengib o'tish bilan bog'liq ekan, bu rad etishdan qo'rqishmi, kulgiga qolishdan cho'chishmi, yo'qotishdan xavotirlanishmi, farqi yo'q.
 Hoynahoy, buning ildizlari bolaligimda bo'lsa kerak,  izohladi janob Konran.  O'n yoshligimda ota-onam ajrashib ketishdi va ayriliq og'rig'i va firoqini ko'rdim hamda his etdim. Mustahkam, ishonchli uy, oilaviy hayot nimaligini bilmay o'tdim. Bu muammolarimda o'z ta'sirini ko'rsatdi, deb o'ylayman, o'zimni biror-bir ishga ham, hech bir o'zaro munosabatlarga ham to'la bag'ishlolmasdim
O'shanda o'zingni o'zaro munosabatlarga to'la
bag'ishlamaguningcha abadiy davomli haqiqiy
sevgi munosabatlarini yaratolmasligingni bilmasdim. Rostdan ham kimnidir yaxshi ko'rsangiz, unga
va u bilan bo'lgan munosabatlarga sadoqatli bo'lasiz.
Bu insonga doimo yordam berish uchun barcha
imkoniyatlarni topasiz va uni barcha boshqa narsalardan ustun qo'yasiz. Agar hayotdan nimanidir
tilasang,  dedi janob Konran,  ayniqsa, muhabbatni istasang, o'z hadiklaringni yengishga intilib,
sen uchun qimmatli bo'lgan insonga o'zingni butkul
bag'ishlashga tayyor bo'lishing zarurligiga ishonchim komil,
Bilasizmi, ixlosning yetarli emasligi  keng tarqalgan muammodir. Axir siz o'tmishda rad etilish, kulgiga qolish yoki og'riqni kechirgan bo'lsangiz, tabiiyki, bu tajribani takrorlashdan qochasiz, Shu sababli o'tmishda dili og'rigan odamlar ong ortida boshqa inson bilan o'ta yaqin munosabatlarga kirishishga yo`l qo`ymaslikka ahd qilishadi. Ular
yiroqlashish va yo"qotish evaziga emotsional jarohat xatariga yo'l qo'yishga tayyor bo'lmaydilar. Ularning og'riqdan qo'rquvi muhabbat istagidan ko'ra kuchliroqligi bois muhabbatdan mosuvo, yo'qotish firoqi-yu sevgi quvonchini hech qachon boshdan kechirmay, zerikarli olamda yashaydilar. Oxir-oqibatda ular o'z hislarini o'ldirib, muhabbatning iloji borligi, lekin uni  uyo'qotishdagi og'riq xavfidan cho'chib, .tinchgina umidsizlikda yashashni afzal biladilar.
-  Lekin ular qaysidir jihatdan haqlar-ku?  dedi yigitcha.
- To'g'risini aytganda  yo'q. Ular Rojdestvo bayramiga hech qanday sovg'alar kerak emas, chunki ularni yo'qotib qo'yishim mumkin, degan bolaga o'xshaydilar. Shaxsan o'zim o'zaro munosabatlardagi asosiy muammolardan biri  insonlarning sadoqatli bo'lishga layoqatsizligi deb o'yiayman.
  Nimaga ekan?  so'radi yigitcha.
   Har qanday o'zaro munosabatlarda o'z yuksalish va pasayishlari, yaxshi va yomon davrlari boladi, shundaymi?
Yigitcha bosh urg'adt,
   Munosabatlarning barhayotligi shunday davrlani qanday kechirishimizga bog'liq. Masalan, basharti ikki kishi har safar bahslashayotgan chog'da ulardan biri munosabatlarni uzishni po'pisa qilsa, ertami-kechmi bu munosabatlar qadr topmaganlari bois nihoyasiga yetadi. Bunday insonlar o'zlaridagi mavjud eng qadirli muhabbat tuyg'usiga sadoqatli bo'lmaydilar.
 O'zaro munosabatlar xayrli bolishi uchun muhabbat ularning har ikkalasi uchun boshqa
hamma narsadan muhimroq, lavozim va puldan ham, mashina va kiyim-kechakdan ham afzalroq bo'lishi zarur. Qisqasi, ayrilish hatto variant sifatida ham ko'rilmasligi darkor. Bahs naqadar qaynoq bo'lmasin, tomonlardan birontasi ayrilish bilan po'pisa qilmasligi kerak. Ayrilish imkoniyatlardan biriga aylanishi bilanoq ko'ngilsizlikiar kutilishi muqarrar.
Basharti nimaga bo'lsada,  bu ish bo'ladimi, munosabatlarmi, hatto futbol komandasimi,  unga sadoqatli bo'lsangiz, bu hatto qiyin ahvolda ham ayrilish  variant emas deganidir. Muammo shundaki, ba'zan biz shunchaki sadoqatli emasmiz va shu bois taslim bo'lamiz.
Har bir inson mehr va mehrli munosabatlarni istaydi, lekin masala o'zga insonga mehr bilan munosabatda bo'lish va o'sha yagona o'ziga xos munosabatlarni topishga qanchalik ixlosmandligingizda.
 Nimani nazarda tutyapsiz?  so'radi yigitcha yondaftarchasidan nigohini uzib.
  Keling, bu to'g'rida bunday deyman: hayotingizda muhabbat yaratish uchun kuchingiz yetgancha barcha harakatlarni qilib, o'z qo'rquv va omadsizliklaringizga qarshi turish uchun yetarli darajada sadoqatlimisiz? Chunki agar hayotingizda muhabbatni va rostmana munosabatlarni istasangiz, faqat shu tarzda ularga yetishishingiz mumkin. Shu sababli bu munosabatlar sizga to'g'ri kelishi ta'g'risida qaror qabul qilgan chog'ingizda o'zingizga: Bu odamga va bu munosabatlarga sodiqmanmi? degan juda oddiy savol berishingiz mumkin.
Qarang-a, sadoqatlilik  hayotda muhim unsurdir. Axir mehrli ona o'zining farzandiga: Bugun seni yaxshi ko'raman, lekin ertaga nimani his etishimni bilmayman deb aytmaydi-ku.  Yo'q, u o'z nuridiydasini ahvoli yaxshiligida ham yomonligida ham, doimo suyadi. Muammolar faqat bunday sadoqatni ta'minlolmagan chog'imizda vujudga keladi.
 Misol keltirishimga ijozat bering: ikki nafar tanishim bor, har ikkalasi xotin va ikki farzandga ega. Ulardan biri butun vaqtini ishda yoki golf o'yini o'ynab o'tkazardi, ikkinchisi esa xotin va bola-chaqasi bilan ko'proq vaqtini o'tkazishga imkon beradigan ishni ataylab izlardi. Ulardan qay biri oilasida haqiqiy mehrli munosabatlarni tezroq yaratishini topish uchun o'ziga xos aqliy qobiliyatlarga ega bo'lish shart emas.
 Demak,  dedi yigitcha,  basharti o'z umring va sevimli kishilaring hamda seni sevgan kishilar hayotida muhabbat hamda ishonarli munosabatlar yaratish niyatida bo'lsang, sen uchun muhim bo'lgan narsalarga o'zingni bag'ishlashing zarur ekan.
 O'zim bundan-da yaxshiroq ifodalay olmasdim,  dedi jilmayib janob Konran.  Bularning barchasi mehr va mehrli munosabatlar boshqa hamma narsadan muhim bo'lishi kerakligiga borib taqaladi. Aynan sadoqat muhabbatni yaxshi munosabatdan farqlaydi. Qachonlardir bir senator bilan televizion intervyuni ko'rgandim, u Ikkinchi jahon urushi davrida o'zi bilan sodir bo'lgan vogeani so'zlab bergandi. O'shanda u orqa tomonidan og'ir va chuqur yaralangan ekan. Bu voqeani so zlab berayotgan chog'ida uning ko'zlarida yosh g'iltilladi Otam, - dedi u, - meni ko'rish uchun poezdda uch kundan oshiq yurgan. U keksa va oyoqlari artrit kasalligi bilan og'rigan bo'Isa-da poyezdda tik turgancha uch kun yuribdi, - shu lahzada senatorning ovozi qaltirab ketdi.  U... u hoynahoy, og'riqdan nihoyatda qiynalgan bo'lsa kerak, yetib kelganida uning to'piqlari shishgan va qavarib ketgandi... lekin u nihoyat, yetib kelgandi.
Mana bu sadoqat!  Ammo u o'z farzandlari
uchun kuchlari boricha harakat qilib, kunba-kun
o'zlarini qurbon qilayotgan millionlarcha ota-onalardan zinhor ortiq emas. Ular uchun o'zlarining
shaxsiy ehtiyoj va istaklari hamda boshqa naxsalardan ko'ra jigarbandlarining ehtiyoj va istaklari
ortiqdir. Sadoqat  haqiqiy muhabbatni haqiqatda
tekshirib ko'rish usullaridan biridir. Basharti insonga
sadoqatli bo'lmasangiz, demak uni sevmaysiz, buning zamirida oddiy haqiqat mayjud.
  Bu qiziq qoida ekan,  dedi yigitcha.  Lekin unda mustasnolar ham bo'ladimi?
  Mustasnoni hech tasavvur etolmayman. Endi nima sababdan muallimlikni tanlaganimga qaytmoq darkor. Avval aytganimdek, hech kim va hech narsa bilan hech qanday javobgarlikka bog'lanmay umr oqimi bo'ylab suzardim. Chol bilan uchrashib, haqiqiy muhabbat sirlaridan boxabar bo'lganimdan keyin hayotimda arzigulik nimadir qilish istagi paydo bo'ldi va menga ko'maklashgan bilimlar bilan bo'lishishga ahd qildim.
  Bu ishga kirishgan chog'imda ba'zi shubhalarim bor edi, - tan oldi janob Konran.  O'sha yillar, ya'ni yigirma yilcha muqaddam, dahshatli muammolar bor edi, ayrim bolalar giyohvand moddalar iste'mol etar va hatto ularni sotardilar, har kuni maktab va uning atrofidagi hududda guruhlar orasida to'qnashuvlar bo'lar, ko'p bolalar maktabni bitirayotgan chog'da arang o'qiy olardilar. Aynan shu sababli  bu yerga kelishni xohladmi.
  Nima sababdan bunday maktabda dars b rishni ixtiyor etdingiz?  so'radi yigitcha.
  Chunki bu kuchlarimni sinab ko'rish uchi kerak edi. Bu bolalarning hayotini o'zgartirishni juda ham istardim. Men Baltimordagi eng xarob joylardan birida o'tkazilgan tadqiqot loyihasi haqidagi voqeani o'qigandim. Shahar dorilfununining sotsiologiya professori talabalariga o'sha hududdagi maktablarni o'rganib chiqib, har bir bolaning kelajagini baholashga topshiriq berdi. Hech istisnosiz   | barcha hisobotlar umid yo'q deb chiqarilgan baho bilan qaytarildi. Lekin 25 yil o'tganidan keyin boshqa sotsiologiya professori boshlangan ilk tadqiqotlarni poyoniga yetkazishga ahd qilib, o'z talabalariga bu bolalarning taqdiri qanday kechganini aniqlashni topshirdi.  O'sha bolalardan yigirma nafari ko'chib ketganlari bois topilmadi, qolgan bir yuz sakson bolalar dan bir yuz yetmish olti kishi yurist, vrach diplomlarini olib, qadrli kasb mutaxassisliklarini egallaganlari va yuksak muvaffaqiyatlarga erishganlari aniqlangan. Professor shunchalik ajablandiki, bu holatni chuqurroq tadqiq qilishga qaror qildi. Ularning har biri bilan suhbatlashib, O'z muvaffaqiyatlaringiz uchun kimdan minnatdorsiz? degan savolni berardi. Har biri birdek: Sabog bergan muallimadan minnatdorman degan javob berishdi.
- Aql bovar qilmaydi-yu, lekin o'sha muallima hali ham hayot va to'qson yoshga yetganiga qaramay, tetik va aqli to'kis ayol ekan. Professor u bilan ucbrashib, bu bolalarning harob hududlardan bo'lishsadada, hayot sharoitlariga qaramasdan, ularga qanday ta'lim bergani hamda 180 dan 176 nafari nimamng evaziga bunchalik muvaffaqiyatga enshganin so'rabdi.
  Aslida bu juda oddiy,  dedi keksa ayol shodon kulib.    O'sha bolalarni yaxshi ko'rardim!
   Bu voqeani o'qib chiqqanimda,  dedi janob Konran,  u yuragimga nozik tegdi va bu muallimaning ibrati ketidan borishga meni ilhomlantirdi. Sadoqat quvvati ko'magida barchasiga yetishish mumkinligini bilardim, shu bois ta'lim olishga qaytdim va o'qituvchi kasbini egallab, xarob tumandagi maktabga ishga keldim. Avvaliga bu oson kechmadi, orqaga chekinishga ko'p bor tayyor edim, lekin inson nimagadir sadoqatli bo'lsa, orqaga qaytishga yo'l yo'qligini doimo esda tutardim. Endi mana, ko'rib turganingizday, maktabimiz bilan faxrlansa arziydi. Bu bolalarning, nafaqat, yaxshi ta'lim olishlari, balki ular haqida qayg'urish, ularga mehr berish va bor quvvatlarini safarbar etishlari uchun sodiqligimiz tufayli ularning jilla qursa, hayotda muvaffaqiyatga erishish imkoni bor.
Kechqurun uchrashuvdan keyin yigitcha yozganlarini qayta o'qib chiqdi:                                     
   Haqiqiy Muhabbatning sakkizinchi siri  sadoqat quvvati.

* Muhabbat haqiqiy bo'lishi uchun unga sadoqatli bo'lish kerak va bu sadoqat fikr hamda harakatlarda o'z ifodasini topadi.
* Sadoqat  bu muhabbatni rostmana tekshirishdir.
* Haqiqiy mehrli munosabatlarga ega bo'lish uchun bu munosabatlarga sadoqatli bo'lish darkor.
* Kimga yoki nimagadir sodiq bo'lsangiz, undan chekinish  yo'l emas.
* Sadoqat mustahkam munosabatlarni mo'rtlaridan farqlaydi.